Chinor CRM

Repetitorlar uchun CRM — o'quvchi, davomat va to'lov hisobi

Chinor CRM repetitorlar uchun ham mo'ljallangan: o'quvchilar ro'yxati, dars jadvali, davomat va to'lovlar bitta joyda. 15 tagacha o'quvchi uchun bepul, telefondan to'liq ishlaydi va boshlash uchun karta ma'lumoti so'ralmaydi.

Repetitorga qaysi paytda dastur kerak bo'ladi

Boshida hammasi daftarda sig'adi. O'quvchilar soni oshgani sari quyidagilar tanish tuyula boshlaydi:

Chinor CRM repetitorga nima beradi

O'quvchilar ro'yxati

Har bir o'quvchi bo'yicha aloqa ma'lumotlari, dars kunlari, to'lov tarixi va davomat tarixi. Guruh bilan ham, guruhsiz yakka dars sifatida ham yuritish mumkin.

Dars jadvali

Haftalik jadval bir ekranda. Qaysi kuni nechta dars borligi, qaysi vaqt bo'shligi darhol ko'rinadi.

Davomat

Darsdan keyin telefondan bir necha bosishda belgilaysiz. Kelmagan o'quvchining ota-onasiga avtomatik xabar ketadi — siz alohida yozib o'tirmaysiz.

To'lovlar

Kim to'ladi, kim qarzdor, qancha qarzdor — bitta ro'yxatda. To'lov vaqti kelganda ota-onaga eslatma tizim tomonidan yuboriladi. Bu eng noqulay suhbatni sizning zimmangizdan oladi.

Hisobot

Bu oy qancha tushum bo'ldi, nechta dars o'tdingiz, nechta o'quvchi qo'shildi va nechtasi ketdi — hisoblash kerak emas, tayyor turadi.

Narxi

Bepul tarif doimiy: 15 tagacha o'quvchi, vaqt chegarasisiz. O'quvchilar soni oshsa yoki qo'shimcha imkoniyatlar kerak bo'lsa, Premium va Maksimum tariflariga o'tasiz — batafsil narxlar bo'limida. O'quv markazi ochsangiz, o'quv markazlar uchun tariflar ham shu hisobdan mavjud.

Ko'p beriladigan savollar

Repetitor uchun CRM haqiqatan kerakmi?
20–30 o'quvchidan oshsa — ha. Kim to'ladi, kim to'lamadi, kim necha dars qoldirdi degan savollarga daftardan javob topish qiyinlashadi. CRM buni o'zi hisoblab beradi va to'lov haqida o'zingiz eslatib o'tirmaysiz.
Bepul tarifda nima bor?
15 tagacha o'quvchi, guruhlar, dars jadvali, davomat va to'lovlar nazorati. Vaqt chegarasi yo'q — bepul tarif doimiy. Karta ma'lumoti so'ralmaydi.
Guruhsiz, yakka dars beraman — mos keladimi?
Ha. Har bir o'quvchini alohida yuritishingiz mumkin, guruh yaratish shart emas. Yakka darslar ham jadvalda ko'rinadi va to'lovlari alohida hisoblanadi.
Ota-onaga xabar yuborish qanday ishlaydi?
Ota-ona Telegram botga obuna bo'ladi va faqat ikki holatda xabar oladi: farzandi darsga kelmaganda va to'lov vaqti kelganda. Bu sizni to'lov haqida noqulay suhbatlardan xalos qiladi.
Telefondan ishlatsa bo'ladimi?
Ha, tizim to'liq telefonga moslashtirilgan. Darsdan keyin davomatni telefondan bir necha bosishda belgilaysiz — alohida dastur o'rnatish shart emas, brauzerdan ochiladi.

15 tagacha o'quvchi uchun bepul — hoziroq boshlang, karta ma'lumoti kerak emas.