O'quv markazlar uchun CRM tizimi
Chinor CRM — O'zbekistondagi o'quv markazlar uchun mo'ljallangan boshqaruv tizimi. O'quvchilar bazasi, dars jadvali, davomat, to'lovlar va qarzdorlik nazorati, o'qituvchilar oyligi, xarajatlar, imtihon natijalari va hisobotlar — hammasi bitta joyda. Kompyuterdan ham, telefondan ham to'liq ishlaydi.
O'quv markazga CRM nega kerak?
Markaz 50–60 o'quvchigacha daftar va Excel bilan yuriladi. Undan keyin har oy bir xil muammolar takrorlana boshlaydi:
- To'lov yo'qoladi. Kim to'ladi, kim to'lamadi — aniq javob yo'q. Oyiga 2–3 ta o'quvchining to'lovi «esdan chiqadi».
- Ketgan o'quvchi bilinmaydi. Bola 3 hafta kelmaydi, keyin butunlay ketadi. Direktor buni faqat oy oxirida payqaydi.
- Oylik hisobi bahsga aylanadi. O'qituvchi «men 24 dars o'tdim» deydi, admin «22 ta» deydi — dalil yo'q.
- Hamma narsa bitta odamda. Admin ishdan bo'shasa, ma'lumot uning daftari va telefoni bilan birga ketadi.
- Raqamlar yo'q.Bu oy qancha tushum bo'ldi, qancha xarajat, sof foyda qancha — hisoblash uchun bir necha kun kerak.
CRM bularning har birini avtomatlashtiradi: qarzdorlar ro'yxati o'zi shakllanadi, darsga kelmagan o'quvchi belgilanadi va ota-onasiga xabar ketadi, o'qituvchi oyligi o'tilgan darslardan hisoblanadi, moliya hisoboti esa doim tayyor turadi.
Chinor CRM o'quv markazda nimalarni qamraydi
O'quvchilar va guruhlar
Har bir o'quvchining kartochkasi: aloqa ma'lumotlari, qaysi guruhda, qachondan beri o'qiydi, to'lov tarixi, davomat tarixi va imtihon natijalari. Hali guruhi yo'q o'quvchilarni yo'nalish bo'yicha navbat ro'yxatiga olib qo'yish mumkin — guruh to'lganda bir bosishda biriktirasiz.
Dars jadvali va xonalar
Haftalik jadval, xonalar bandligi, bir martalik seminar va ochiq darslar. Bitta xonaga ikkita guruh qo'yilib qolmaydi — tizim to'qnashuvni ko'rsatadi.
Davomat
O'qituvchi darsdan keyin telefonidan davomatni belgilaydi. Darsga kelmagan o'quvchining ota-onasiga Telegram orqali xabar ketadi. Direktor esa qaysi o'quvchi ketib qolish arafasida ekanini oldindan ko'radi.
To'lovlar va qarzdorlik
Oylik to'lovlar, chegirmalar, qoldirilgan darslar bo'yicha kelishilgan kamaytirish. Qarzdorlar ro'yxati bitta ekranda: kim, qancha, necha kundan beri. To'lov vaqti kelganda ota-onaga eslatma yuboriladi.
Xodimlar oyligi va KPI
O'qituvchi oyligi o'tilgan darslar yoki guruh tushumidan foiz sifatida hisoblanadi. Ofis xodimlari uchun oylik stavka. Har oyning hisobi tizimda saqlanadi — bahs chiqmaydi.
Filiallar
Bir nechta filialga ega markazlar uchun har bir filial alohida yuritiladi: o'z o'quvchilari, o'z xodimlari, o'z moliyasi. Direktor umumiy manzarani ham, har bir filialni alohida ham ko'radi.
Hisobotlar
Tushum va xarajat, sof foyda, o'quvchilar soni dinamikasi, ketish sabablari, guruhlar to'ldirilishi, o'qituvchilar kesimida natijalar. Direktor uchun bosh sahifada asosiy raqamlar darhol ko'rinadi.
Xavfsizlik va ruxsatlar
Har bir markazning ma'lumotlari baza darajasida ajratilgan — boshqa markazlar ularni ko'ra olmaydi. Markaz ichida esa rollar ishlaydi: menejerga faqat kerakli bo'limlarni ochasiz, o'qituvchi faqat o'z guruhlarini ko'radi. Kim nimani o'zgartirgani harakatlar tarixida yozilib boradi.
Qanday boshlash mumkin
- Ro'yxatdan o'ting — 2 daqiqa, karta ma'lumoti so'ralmaydi.
- O'quv markaz rejimini tanlang.
- Yo'nalishlar, guruhlar va o'qituvchilarni kiriting — yoki biz kiritib beramiz.
- O'quvchilarni qo'shing va davomatni yuritishni boshlang.
Excel yoki daftardagi ro'yxatlaringizni ko'chirishda va jamoangizni o'rgatishda yordam beramiz.
Narxi
O'quv markazlar uchun to'rtta tarif bor: Start, Standart, Pro va Biznes. Tariflar o'quvchilar soni va kerakli modullarga qarab farqlanadi — batafsil narxlarni narxlar bo'limida ko'rishingiz mumkin. Yakka repetitorlar uchun alohida bepul tarif mavjud.
Ko'p beriladigan savollar
- O'quv markaz uchun CRM nima va nega kerak?
- CRM — o'quv markazning o'quvchilari, guruhlari, davomati, to'lovlari va xodimlari bitta bazada yuritiladigan tizim. Daftar yoki Excel'dan farqi shundaki, tizim ma'lumotni faqat saqlab qolmay, o'zi hisoblab beradi: kim qarzdor, kim darslarni qoldiryapti, o'qituvchiga qancha oylik chiqdi, shu oy markaz qancha ishladi.
- Nechta o'quvchisi bor markaz uchun mos?
- 50 tadan bir necha mingtagacha. Kichik markazlar uchun Start tarifi, o'sib borayotgan markazlar uchun Standart va Pro, bir nechta filialga ega markazlar uchun Biznes tarifi mavjud.
- Bir nechta filialni bitta hisobdan boshqarsa bo'ladimi?
- Ha. Biznes tarifida har bir filial alohida yuritiladi — o'quvchilar, guruhlar, xodimlar va moliya filial bo'yicha ajratiladi. Direktor barcha filiallarni birgalikda ham, alohida ham ko'radi; filial menejeri esa faqat o'z filialini ko'radi.
- O'qituvchilar tizimga kiradimi?
- Ha, o'qituvchi uchun alohida portal bor: faqat o'z guruhlari, o'z dars jadvali, davomat, imtihon natijalari va o'z oyligi. Markaz moliyasini yoki boshqa o'qituvchilarning ma'lumotlarini ko'rmaydi.
- Ma'lumotlarni Excel'dan ko'chirish qiyinmi?
- Yo'q. Birinchi guruh va o'quvchilarni tizimga kiritishda yordam beramiz va jamoangizni o'rgatamiz. Ro'yxatlaringiz Excel yoki daftar ko'rinishida bo'lsa ham bo'laveradi.
- Ota-onalarga xabar boradimi?
- Ha, Telegram orqali. Faqat muhim ikki holatda: farzandi darsga kelmaganda va oylik to'lov vaqti kelganda. Kundalik davomat yoki baholar bilan spam qilinmaydi.
Markazingizni bir oy davomida bepul sinab ko'ring — ma'lumotlarni kiritishda yordam beramiz.